FastSell
FastSell — CPA savdo bilan ishlaydigan bizneslar uchun biz yaratgan platforma. U lead kelishidan to buyurtma yetkazilguncha bo'lgan butun jarayonni bitta tizimga birlashtiradi: targetolog oqim orqali mijoz olib keladi, operator leadni qabul qilib buyurtmani tasdiqlaydi, admin uni qadoqlaydi va kuryerga biriktiradi, kuryer esa yetkazib berib, buyurtmani yakunlaydi.
Har bir rol o'z paneli bilan ishlaydi: kompaniya admini paneli, targetolog paneli (offerlar, oqimlar va statistika), operator paneli (leadlar navbati va buyurtmani tasdiqlash), kuryer jarayoni hamda mahsulot landing va do'kon qismi. Har bir buyurtma aniq status va mas'ul shaxs bilan yuradi.
Platforma ko'p kompaniyali arxitektura asosida qurilgan: har bir kompaniyaning buyurtmalari, jamoasi va ma'lumotlari alohida saqlanadi. Rollar va ruxsatlar, audit jurnali, obuna va tariflar, xodimlar bilan kelishuvlar hamda operator, targetolog va kuryerlar uchun to'lov va bonus hisobi tizim ichida yuritiladi.
Mijoz
FastSell
Yil
2026
Davomiylik
2 oy

Loyiha xususiyatlari
- Lead kelishidan yetkazib berishgacha bo'lgan yagona buyurtma oqimi
- Admin, targetolog, operator va kuryer uchun alohida panellar
- Offerlar, oqimlar va targetolog statistikasi
- Operator uchun leadlar navbati va buyurtmani tasdiqlash
- Ko'p kompaniyali arxitektura — har kompaniya ma'lumoti alohida
- Rollar va ruxsatlar, audit jurnali
- Obuna va tariflar, to'lov va bonus hisobi
- Telegram bot integratsiyasi
Ishlatilgan texnologiyalar
Bu loyiha qaysi xizmatlar doirasida bajarilgan
Shunga o'xshash loyiha kerak bo'lsa, quyidagi xizmatlar sahifasida batafsil ma'lumot va narxlar bor.
Shunaqa loyiha kerakmi?
Biz bilan bog'laning — bepul konsultatsiya va loyiha narxini hisoblab beramiz.



